Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 313-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida MMIBDO‘ G‘ulomov J, Milliy gvardiya xodimi, B.Qosimov, Maktab psixologlari Sh.Baxramova, M.Karabayeva tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga amal qilish, mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish va davomatni ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda qonun-qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar taqdim etildi.
Yoshlar tarbiyasi — jamiyat kelajagining mustahkam poydevoridir!
Davra suhbatidan foto lavhalar ODOB-AXLOQ — YUKSAK MADANIYAT ASOSI!