Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-октябрь 2026, 16:50
 Bosh sahifa  Mobile versiya

2026–2027-O‘QUV YILIGA START BERILDI!

Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
Pedagogik kengash davomida yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish,  o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, pedagoglarning oldidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish va yuqori natijalarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi rejalar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam! 
313-maktab jamoasi 2026–2027-o‘quv yilida bilim, izlanish va hamjihatlik bilan yanada katta muvaffaqiyatlar sari dadil qadam tashlaydi!