Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktabida yangi 2026–2027 o‘quv yilini samarali tashkil etish maqsadida maktab rahbari Mamatova Z.S. hamda MIBDO‘ G‘ulomov J.B. tomonidan sinf rahbarlari bilan uchrashuv va muhokama tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar hamda amalga oshiriladigan rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Sinf rahbarlarining mas’uliyati, o‘quvchilar bilan samarali ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasini yanada yaxshilash va maktab hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Birgalikdagi maqsad — yuqori natijalar!
Birgalikdagi harakat — munosib kelajak!
2026–2027 o‘quv yili barchamiz uchun ulkan muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!