🏫 Maktabimizda o‘quvchilarning yangi o‘quv yilini tartibli, ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida saflanish tadbiri tashkil etildi.
🌱 Shuningdek, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ezgu maqsadlar sari intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak soati” darslari mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.
✨ Ushbu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar:
📌 kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashdilar;
📌 Vatanga sadoqat va mas’uliyat haqida suhbatlashdilar;
📌 bilim olish va o‘z ustida ishlashning ahamiyatini angladilar;
📌 jamoada ishlash va faol ishtirok etish ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
💙 Bugungi intilish — ertangi muvaffaqiyat!
🌟 Kelajak bilimli, faol va vatanparvar yoshlar qo‘lida!