Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli umumta’lim maktabida 2026-yil 11-iyunda qabul qilingan O‘RQ-1151-son Qonun mazmun-mohiyatini pedagog xodimlarga yetkazish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, ushbu huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun normalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonun talablariga qat'iy rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida pedagoglar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda qonun talablarini ta'lim-tarbiya jarayonida izchil amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.