📚 Yozgi oromgohda o‘quvchilarimiz uchun turli fanlar bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Ayniqsa, ingliz tili mashg‘ulotlari bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
✨ Mashg‘ulotlarda xorijlik ingliz tili mutaxassisi ham faol ishtirok etib, o‘quvchilar bilan interaktiv suhbatlar, qiziqarli o‘yinlar va amaliy muloqotlar olib bormoqda.
🎨 Ijodiy to‘garaklar,
⚽️ Sport o‘yinlari,
📖 Ma’rifiy mashg‘ulotlar,
🗣️ Ingliz tilida muloqot darslari orqali o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.
🌈 Har bir kun quvonchli lahzalar, yangi do‘stlar va foydali bilimlarga boy tarzda o‘tmoqda.
💫 "Qaldirg‘och" yozgi oromgohi — bilim, ijod va do‘stlik maskani!
🏫 313-maktab jamoasi barcha o‘quvchilarga mazmunli va unutilmas yoz tilaydi! 🌺