Yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida maktabimizda “Qaldirg‘och” yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar, sport musobaqalari, ijodiy chiqishlar hamda quvnoq dasturlar tashkil etildi.
Har bir bolajon uchun quvonch, do‘stlik va yangi taassurotlarga boy yozgi kunlar boshlandi!
“Qaldirg‘och” maydonchasi barcha ishtirokchilarga unutilmas lahzalar, yangi do‘stlar va yorqin xotiralar ulashsin!
Yozgi ta’tilingiz maroqli, mazmunli va xavfsiz o‘tsin!
Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktab
“Qaldirg‘och” yozgi maydonchasi