Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-июнь 2026, 08:33
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 313-sonli umumta’lim maktabida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari har qachongidan-da fayzli va hayajonga boy tarzda o‘tdi

"Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida o‘tgan tantanali marosimga tuman prokurori Yahyo Abdurahmonov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, maktabning bir guruh sobiq bitiruvchilari taklif etildi.
Namunali xulqi va a’lo baholari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga faxriy yorliq, ularning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berildi.