Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida mehmonlar iliq kutib olinib, so‘ngra maktab rahbariyati hamda yoshlar o‘rtasida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning bilim va iqtidorini namoyon etishga qaratilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Shuningdek, 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari, xususan futbol bellashuvlari tashkil etilib, sog‘lom raqobat muhiti yaratildi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar tomonidan turli yo‘nalishlarda tayyorlangan loyihalar taqdimoti hamda 11-sinflar o‘rtasida “Milliy taomlar” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.