Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli umumta’lim maktabida Ma'naviyat kuni tadbirlari doirasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Bitiruvchi yoshlar bilan mazmunli uchrashuv va ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Yunusobod tumani Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i S.M.Kirgizbayev o‘quvchilar bilan samimiy suhbat olib bordilar.
Suhbat davomida bitiruvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish 📚 hamda hayotda o‘z o‘rnini topish yo‘lida zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 🇺🇿, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, mustaqil fikrlash va yuksak maqsadlar sari intilishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qilib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirdi.