Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 19-май 2026, 13:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kelajak soati” doirasida yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Millat fidoyilari - Xotira va qadrlash kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli umumta’lim maktabida “Kelajak soati” doirasida yuqori sinf o‘quvchilari bilan 🇺🇿 “Millat fidoyilari — Xotira va qadrlash kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Mazkur suhbat maktab rahbari Z.S. Mamatova tomonidan olib borilib, unda yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimizning ibratli hayoti va jasorati keng yoritildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarda tarixiy xotiraga hurmat, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat hamda fuqarolik mas’uliyati kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, ajdodlar merosiga munosib bo‘lish hamda kelajak oldidagi burchni chuqur his etish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.