Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 19-май 2026, 13:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-sonli maktab bitiruvchi yoshlarining kelajak sari dadil qadamlari davom etmoqda!

Maktabimiz bitiruvchilari bilan birgalikda zamonaviy ta’lim maskanlaridan biri bo‘lgan “Tashkent University of Business and Science” universitetiga tashrif buyurdik. 
Tashrif davomida o‘quvchilar universitetdagi yaratilgan sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, innovatsion ta’lim tizimi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarga kelajak kasblari, oliy ta’limdagi yangi yo‘nalishlar va muvaffaqiyat sari intilish haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.
Bu kabi uchrashuv va tashriflar yoshlarning maqsadini yanada mustahkamlab, ularda katta orzular sari intilish, bilim olish va kelajak kasbini ongli ravishda tanlashga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
313-maktab bitiruvchilariga kelgusidagi ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar va omad tilaymiz!