Ko‘p yillar davomida maktabimiz ravnaqi, o‘quvchilar tarbiyasi va ta’lim sifati yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlarimiz bilan maktabda samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ustozlarimizning hayot yo‘li, mehnat faoliyati va maktabimizda qoldirgan bebaho izlari haqida iliq xotiralar bilan suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Bu uchrashuv barchamiz uchun o‘zgacha ruh, iliqlik va hurmat muhitini yaratdi. Ustozlarimizning ko‘zlaridagi quvonch, samimiy tabassumlari va berilgan duolari har birimiz uchun katta baxt bo‘ldi.
Shuningdek, biz faxriy ustozlarimizni yo‘qlab borib, ularning holidan xabar oldik. Ularning ko‘nglini olish, duolarini olish va minnatdorlik bildirish biz uchun eng katta sharaf bo‘ldi. Bu tashriflar oddiy uchrashuv emas, balki ustozlarga bo‘lgan chuqur ehtirom va minnatdorlik ifodasi sifatida tarixda qoladigan lahzalardan bo‘ldi.
Har bir suhbat, har bir tabassum va har bir esdalik bizga yana bir bor shuni eslatdi: ustoz — bu nafaqat ta’lim beruvchi, balki hayot yo‘lini yorituvchi, qalblarda abadiy iz qoldiradigan buyuk insondir.