Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 313-sonli umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchisi Saidazimova Madina Asqar qizi o‘zining bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati va yuqori maqsadlari evaziga bir yo'la to'rtta xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.
Bu natija — nafaqat bir o‘quvchining shaxsiy yutug‘i, balki ota-onalar, ustozlar va maktab jamoasining fidokorona mehnatining yorqin samarasidir. Mazkur muvaffaqiyat yoshlarimizning ilmga bo‘lgan qiziqishi, qat’iyati va kelajakka bo‘lgan ishonchi naqadar kuchli ekanini yana bir bor isbotladi.