Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 313-sonli umumta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi Laylo Xalillayeva attestatsiya jarayoni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Mohir pedagog test imtihonlarida 90 ball jamg'ardi va oliy malaka toifasini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Laylo “Yil o'qituvchisi” yo'nalishida munosib qatnashib, 70 foiz vazir ustamasiga ega bo'ldi.