Kuni kecha Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida raqamlashtirish, davomat, sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva ochdi va olib bordi. Unda boshqarma, tuman bo'limlari mas'ullari, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari qatnashdi.
Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutaxassislar axboroti tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar begilab olindi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati