Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-март 2025, 17:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik

Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Singapurda bo‘lib turibdi.

Xususan, delegatsiya vakillari Marshal Cavendish Education, Singapur Milliy Instituti (NIE) hamda Erta bolalikni rivojlantirish Milliy Instituti (NIEC) kabi nufuzli tashkilotlarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

➖ Unda maktabgacha va maktab ta’limi o‘quv dasturlarining o‘zaro uzviyligi, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy o‘quv-metodik majmualarni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Singapurdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo'lib, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.