Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-март 2025, 17:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda «Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari» mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun 2023-yil 31-mart kuni Yunusobod tumani 313-sonli umumta'lim maktabida «Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy  bosqichlari»  mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktabnig  8-11-sinf o‘quvchilari hamda maktabning direktori G.Mansurxanova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi maktabning targ‘ibotchisi P.Xudoyberganov, MMIBDO‘  S.Mirsagatov, A.Jumanyozova  hamda sinf rahbarlari va “Sharq” mahallasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Komilovalar ishtirok etdi. Yig‘ilishni maktabning direktori G.Mansurxanova so‘zga chiqdi o‘quvchilarni “Referendum”  Konstitutsiyamiz  mamlakatimizning taraqqiyoti  yo‘lida muhim ahamiyat kasb etilishini, ko‘plab   imkoniyatlarni ochib berishida va xalqimizning huquqiy erkinliklarini belgilab berishi bilan ahamiyatli ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdilar. Maktabning tarix fani o‘qituvchisi R.Xamidov o‘z so‘zida Konstitutsiyamizning moddalari  va uning   muhim jihatlari  borasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Maktabimiz targ‘ibotchisi P.Xudoyberganov ham    so‘zga chiqib Konstitutsiyamizning moddalaridan keltirib o‘tdi.    Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.