Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-март 2025, 17:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

" Ikki buyuk siymo" mavzusida katta tadbir kechasi bo'lib o'tdi

           Ulug' shoir va mutaffakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda buyuk sarkarda, shoh va nozikta'b shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan " Ikki buyuk siymo" mavzuida katta tadbir kechasi bo'lib o'tdi. Tadbirni maktabimiz rahbari G. Mansurxonova ochib berib, o'z nutqida she'riyat sarbonlari bo'lgan buyuk ajdodlarimizning ijodi necha asrlardan buyon o'rganilayotgan bo'lsada haligacha bebaho qiymatga egaligini ta'kidlab o'tdi.
        Tadbir o'quvchilar tomonidan yod olingan ruboiy va g'azallar bellashuvi hamda tayyorlangan sahna ko'rinishi bayram qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Tadbirda MMIBDO'  S. Mirhabibov, A. Jumaniyazova, maktab kutubxona mudirasi M. Inoyatova, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari N. Saidova, Z. Raximova, Z. Yusupovalar faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kechaning ardoqli mehmonlari  "Tong yulduzi" gazetasining bosh muharriri F. Odilova, "G'uncha" bolalar jurnali bosh muharriri D. Shomalikovalar so'zga chiqib maktab o'quvchilariga o'zlarining samimiy dil izhorlarini bildirib, Navoiy va Bobur ruboiylaridan namunalar o'qib berib adabiyot ixlosmandlari dilini xushnud etdilar.
Tadbir yakunida shu maktabning "Qaldirg'och" nomli yosh ijodkorlar to'garagi targ'ibotchisi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Po'lat Xudoyberganov so'zga chiqib, maktab o'quvchilariga Navoiy va Bobur ijodiga bag'ishlangan o'zlarining she'riy namunalari bilan tinglovchilar dilini bahramand etdi.